TIV binosida vazir örinbosari Olim Abdullayev Singapurning Kingston International College instituti rahbari Benson Mah Xok Onn hamda uşbu kompaniyaning Avstraliyadagi filiali direktori Uelli Valid Ruda bilan uçraşuv ötkazdi.

TIV ma’lumotiga köra, Kingston International College kasbiy ta’lim va ta’limga ixtisoslaşgan xususiy ta’lim muassasasidir. Oliygoh biznes, mehmondöstlik, turizm, davlat xizmatlari va ingliz tilini örganiş böyiça amaliy könikmalarga intilayotgan talabalar uçun keng kölamli dasturlarni taklif etadi.

Suhbat çoğida mehnat migratsiyasi va Özbekiston fuqarolarini Avstraliyada taşkiliy işga joylaştiriş sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar mamlakat fuqarolarini Okeaniyada işga joylaştiriş uçun Özbekistonda Kingston International College öquv markazlarini oçişga kelişib oldilar.

Erişilgan kelişuvlarning amalga oşirilişi Özbekiston fuqarolarining Avstraliya mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytiradi.