Ukraina qöşinlari Ryazan va Bryanskdagi Rossiya armiyasiga yordam körsatiş bilan şuğullanuvçi obektlarga uçuvçisiz uçoqlardan zarbalar berdi, deb xabar qildi 24 yanvar, juma kuni Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi.
«2025 yil 24 yanvarga ötar keçasi Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) va Ukraina Qurolli kuçlarining Maxsus operatsiyalar kuçlari (SSO) uçuvçisiz uçoqlari Mudofaa kuçlarining boşqa bölinmalari bilan birgalikda Rossiya armiyasini qöllab-quvvatlaş uçun işlatiladigan obektlarga zarba berdi», — deyiladi bayonotda. Zarbalar natijasida Ryazan neftni qayta işlaş zavodi işlab çiqariş obektlarida va Ryazan neft nasos stansiyasida yonğinlar sodir böldi.
Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi ma’lumotlariga köra, Bryanskdagi "Kremniy El" mikroelektronika zavodi ham zarar körgan. «Bu Rossiya mikroelektron sanoatining asosiy korxonalaridan biridir. Zavod strategik ahamiyatga ega qurol tizimlarida, xususan, "Topol-M", "Bulava" raketa tizimlarida, S-300 va S-400'da, şuningdek, jangovar samolyotlarning bort elektronikasida qöllaniladigan keng turdagi mikrosxemalar va butlovçi qismlarni işlab çiqaradi», deya ta’kidladi Ukraina Qurolli kuçlari va zarbalar natijalariga aniqlik kiritilayotganini qöşimça qildi.
Ryazan issiqlik elektr stansiyasi nişonga olindi
DW media-kompaniyasining SBUdagi manbalari ta’kidlaganidek, Ryazan neftni qayta işlaş zavodi yiliga 17 million tonna neftni qayta işlaş quvvatiga ega Rossiyadagi eng yirik zavodlardan biri hisoblanadi. «U yerda kamida uçta rezervuar yonmoqda. Bundan taşqari, dron zarbalari natijasida kelib çiqqan yonğin dizel yonilğisi va aviakerosinni gidrotozalaş moslamasi örnatilgan ustaxonani qamrab olgan. Mahalliy aholi 50 dan ortiq portlaşni qayd etgan», — deya qayd etdi maxsus xizmat.
Bundan taşqari, SBU manbasiga köra, dronlar Ryazan issiqlik elektr stansiyasiga (IES) urilgan. «SBU Mudofaa kuçlari bilan birgalikda Rossiya harbiy-sanoat kompleksi korxonalari va neft sektoriga qarşi samarali dron sanksiyalarini joriy etişda davom etmoqda. Duşmanning harbiy salohiyatini zaiflaştiriş böyiça işlar davom etadi», — deyiladi maxsus xizmat xabarida.
Rossiya Mudofaa vazirligi, öz navbatida, 24 yanvarga ötar keçasi Ukraina uçuvçisiz uçoqlari Rossiyaning barça çegaradoş mintaqalariga, şuningdek, Tula va Moskva oblastlariga hujum qilgani, Rossiya havo hujumidan mudofaa vositalari 121 ta uçuvçisiz uçoqni urib tuşirganini ma’lum qildi.

















