«Mançester Siti» - «Çelsi» (3:1) öyinidan keyin Sky Spors efirida Pep Gvardioladan Abduqodir Husanovning debyuti va 3-daqiqadagi golga sabab bölgan xatosi haqida söraşgaç, ispaniyalik murabbiy yoş şogirdini qöllab-quvvatladi.

«U ingliz tilida gapirmaydi, şuning uçun biz Abduqodir bilan hali töğridan-töğri muloqot qilolmayapmiz. Ehtimol, u bilan gaplaşiş uçun özbek yoki rus tilini örganişimga töğri kelar. Unda hammasi joyida böladi. U hali faqat bitta yoki ikkita maşğulotda qatnaşdi, xolos. Men Çempionlar ligasidagi muhim öyinni inobatga olgan holda, Jon Stounzni jarohatidan keyin maydonga tuşirib tavakkal qilişni istamagandim.

Jamoada futbolçilarning birdamligi juda muhim – bugun şuni kördik. Har qanday öyinçi xatoga yöl qöyişi mumkin. Muxlislar hamişa yangi futbolçilarni qöllab-quvvatlaydilar. U hali juda yoş va u albatta örganadi» – dedi «Mançester Siti» boş murabbiyi Sky Spors efirida.

Ispaniyalik murabbiy BBC efirida ham Husanov haqida töxtaldi.

«U uçun bu oson emas. Tuşuning, u bitta maşğulot ötkazdi va şundan keyin Jyekson, Palmer, Madueke, Sanço kabi öyinçilarga qarşi maydonga tuşdi.

Biz yoş futbolçini sotib olganimizda, bunday holatlar jarayonning bir qismi bölişini bilganmiz. U örganadi. Bunday vaziyatlar eng yaxşi saboq böla oladi», - dedi Gvardiola Abduqodir haqida. 

Ma’lumot uçun, uşbu bahsda Abduqodir 54-daqiqagaça harakat qildi va sariq kartoçkasi sababli Gvardiola tomonidan zaxiraga olindi. «Siti» navbatdagi uçraşuvni YeÇL guruh bosqiç sönggi turi doirasida «Bryugge»ga qarşi ötkazadi. 29 yanvar kungi bahsda «şaharliklar» keyingi bosqiçga çiqişi uçun faqat ğalaba qanoatlantiradi.