Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda maktabga mashina minib kelgan o‘quvchilarga chora ko‘rildi
Aniqlangan holatlar yuzasidan o‘quvchilarning ota-onalariga MJtKning 47-moddasi asosida bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Toshkent shahrida maktabga hech qanday hujjatlarsiz mashina minib kelgan o‘quvchilarga chora ko‘rilgan. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi inspektor psixologlari tomonidan Yunusobod tumanidagi maktablarda "Tig‘" tadbirlari o‘tkazilgan. Shunda 265-maktabining 8-G sinf o‘quvchisi yonida “Kobalt” mashinasining kaliti borligi aniqlangan. O‘rganishlar natijasida maktab o‘quvchisi S.S. mashinani maktabga tegishli hujjatlarsiz boshqarib kelgani ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek Yunusobod tumani 260-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi S.S. hamda 246-maktabning 9-sinf o‘quvchisi S.Q. tomonidan otasiga tegishli bo‘lgan “Lacetti” mashinasini tegishli hujjatlarsiz boshqarib yurgani aniqlangan.

Chilonzor tumani 114-maktabning 10-sinf o‘quvchisi S.M. maktab tashqarisida o‘ziga tegishli bo‘lmagan transport vositasini boshqarib ketayotganda maktab inspektor psixologi tomonidan to‘xtatilgan va belgilangan tartibda IIV YHBB xodimlariga topshirilgan.

Qayd etilishicha, barcha holatlar bo‘yicha o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) asosida bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026