Uçraşuv çoğida Özbekiston va Hindiston xalqlarining uzoq asrlarga borib taqaladigan döstlik aloqalari sönggi yillarda mazmunan boyib, izçil rivoj topayotgani qayd etildi. 

Davlatlar örtasidagi serqirra munosabatlarda mintaqalararo aloqalarning salmoği oşib bormoqda. Şundan kelib çiqib, ikki mamlakat poytaxtlarining işbilarmon, ilmiy-akademik va boşqa doiralari vakillari hamkorligini yanada faollaştiriş istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Şahar xöjaligini yuritiş, obodonlaştiriş va kökalamlaştiriş, aholi uçun qulay va zamonaviy infratuzilma yaratiş va boşqa dolzarb masalalarda tajriba almaşiş ikki tomon uçun ham qiziqarli va manfaatli bölişi ta’kidlandi.  

Vinay Kumar Saksena elçixona tomonidan ilgari surilgan Dehli şahrida "Özbekiston" boğini yaratiş, özbek xalqining buyuk mutafakkirlaridan biri Alişer Navoiy haykalini örnatiş kabi takliflarni qöllab-quvvatladi hamda uşbu loyihalarni hayotga tatbiq etiş böyiça birgalikda işlaşga tayyorligini bildirdi.

Toşkent hokimligi va Dehli gubernatori ma’muriyati örtasida delegatsiyalar almaşiş, joylarda birgalikda amalga oşiriladigan loyihalarni örganiş, ilm-fan, madaniyat, turizm, sport va boşqa yönalişlarda turli qöşma tadbirlar taşkil etiş va boşqa özaro manfaatli masalalar yuzasidan fikr almaşildi.