Xitoyning DeepSeek kompaniyasi bepul sun’iy intellekt (SI) DeepSeek-R1 çat-botini işga tuşirdi va bu Yevropa fond birjalarida xavotir keltirib çiqardi. Şunday qilib, Frankfurt-Mayndagi Germaniya fond indeksi DAX 0,5 foizga zaiflaşdi. 27 yanvar, duşanba kungi savdolar 21.282 nuqtada yopildi.
Eng katta yöqotişlarni SI infratuzilmasi uçun elektr jihozlarining yirik yetkazib beruvçisi Siemens Energy AG kördi. Siemens Energy aksiyalari deyarli 20 foizga arzonlaşdi, deya xabar beradi Reuters.
Şu bilan birga, yevrohududdagi 50 ta yetakçi kompaniyaning aksiya aktivlarini birlaştirgan DJ Euro Stoxx 5 188 punktgaça pasaydi.
Amerika texnologiya kompaniyalari ham zarba ostida
Uoll-stritda Amerika texnologiya kompaniyalari ham zarbaga uçradi. Şunday qilib, sun’iy intellekt sohasidagi işlanmalar uçun mikroçiplarning yangi avlodini işlab çiqaruvçi Nvidia aksiyalari öz qiymatining deyarli 18 foizini yöqotdi. Tahlilçilarning hisob-kitoblariga köra, bu deyarli beş yil içida savdodagi eng katta kunlik yöqotişdir. AQŞ ma’lumotlar markazlari operatorlari va elektr ta’minotçilari ham orqaga qaytişni his qilişdi.
Şu bilan birga, bozor özgaruvçanligini ölçaydigan va investorlar kayfiyatining «barometri» bölib xizmat qiluvçi Cboe Volatility Index savdoning ba’zi nuqtalarida 50 foizdan oşib ketdi.












