Qirğiziston qöşnilari Özbekiston va Qozoğiston bilan birgalikda «Qambarota-1» GESini qurmoqçi. Undan foydalanişda huquqlar teng böladi, eksportidan keladigan foyda ham bölinadi. Hozirça faqat Jahon banki moliyalaşda faol, texnik işlar uçun Qirğizistonga 18,6 mln dollar ajratgan. Tok Afğonistonga ham sotiladi.

Özbekiston «Qambarota-1» GESi qurilişidan manfaatdor. Şuning uçun ham Respublika energetika inşooti bunyod bölişi uçun har qanday yordamga tayyorligini aytmoqda. Özbekiston energetika vaziriga köra, mintaqaviy loyiha Markaziy Osiyo uçun katta manfaat olib keladi, energetik xavfsizlikni mustahkamlaydi. Hozirça loyihani moliyalaşda faqat Jahon banki faollik körsatmoqda. Lekin Qirğiziston energetika vaziri sekin-asta moliyalaşga qiziquvçilar köpayotganini gapirdi. Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov ham ötgan yili bahorda bu GESning muhimligini aytib, xalqaro moliya taşkilotlarini yordamga çaqirgandi.

«Qambarota-1» GESi qurilişi – “asr loyihasi”. Toşkentdagi uçraşuv Vena, Bryussel va Vaşingtondagilarning davomi. Maqsadimiz loyihani tezlaştiriş, zarur xalqaro qöllab-quvvatlovni jalb etiş, deydi Qirğiziston energetika vaziri Taalaybek Ibrayev.

Uç davlat GES qurilişini moliyalaş uçun Jahon bankiga murojaat bilan çiqqan. Moliya taşkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo uçun infratuzilma böyiça mintaqaviy direktori Karl Kormiyerning oçiqlaşiça, loyiha uçun hozirça Qirğizistonga 18,6 million dollar ajratildi.

“Loyihaning muvaffaqiyatli yakunlanişiga işonamiz. Mintaqada energiyaga ehtiyoj ortib bormoqda, elektr tanqisligi va energetik muammolar kuzatilyapti. Gidroelektr stansiyasi suv tanqis bölgan bu uç davlatga suv resurslarini töğri boşqariş imkonini beradi. Uç davlat Jahon bankidan moliyalaşni söradi, bizda ular söragan mablağ bor. Boşqa xalqaro moliya taşkilotlari ham qiziqiş bildirayotganini aytişdi, demak bu tomondan muammo bölmaydi. Özbekiston va Qirğizistonga yordam sifatida, Qozoğistonga esa iqtisodiyoti rivojlangan davlat bölgani uçun pulni kredit sifatida beramiz”, – dedi Karl Kormiyer Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo uçun infratuzilma böyiça mintaqaviy direktori.

Qirğiz Respublikasiga zarur texnik yordam körsatiş vaqti kelganini tuşundik va 18,6 mln dollar ajratdik. Hisob-kitoblar, atrof-muhit va ijtimoiy ta’sirlarni baholaş, xarajatlarni aniqlaş va huquqiy tuzilmani körib çiqiş işlari allaqaçon boşlangan. Bugun keyingi qadamlarimizni aniqlaş uçun körişdik. Boşqaruv qömitasi, muddatlar hammasini tasdiqlaşimiz kerak. Uç Respublika mablağni şu yildayoq berişimizni söraşdi, buning uçun direktorlar kengaşi 2025 yildayoq moliyaviy mablağni taqdim etişga qaror qilişi kerak, şunday böladi deb eşitdim, deya qöşimça qiladi Kormiyer.