"Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2024 yil 18 dekabr kuni "Toşkent farmatsevtika parki" klasteri tarkibiga kiruvçi farmatsevtika korxonalari rahbarlari bilan uçraşdi", – deyilgan maqola muqaddimasida.

Şuningdek, Özbekiston prezidenti farmatsevtika sanoatiga 1 milliard dollar miqdorida investitsiya kiritişni tasdiqlagani ta’kidlangan.

Naşrda ötgan yetti yilda Özbekistonda farmatsevtika mahsulotlari işlab çiqariş ikki barobar, eksport hajmi 11 karra, korxonalar soni 3 barobar, investitsiyalar hajmi 750 million dollarni taşkil etgani xabar qilingan. Bugungi kunda Özbekistonda 3500 turdagi dori vositalari va tibbiyot buyumlari işlab çiqarilmoqda.

"Davlat rahbari buni talabni töliq qondiriş uçun yetarli emas, deb atadi va dori vositalarining 80 foizi xorijdan keltirilayotganini tanqidiy baholadi, – deb yozilgan maqolada. – Uşbu 80 foizni kamaytiriş maqsadida işlab çiqarişni mahalliylaştiriş va eksportni köpaytiriş çora-tadbirlari taklif etildi".

Özbekiston prezidenti farmatsevtika korxonalari rahbarlari bilan uçraşuvda ular uçun bojxona imtiyozlarini 2028 yilgaça uzaytiriş va kapitali 100 million dollar bölgan ilğor farmatsevtika loyihalari sarmoya jamğarmasi taşkil etilişini ma’lum qildi.

Import uluşini kamaytiriş maqsadida dori vositalari işlab çiqarişni mahalliylaştiriş masalasi ham muhokama qilindi. Ommabop dori vositalari sifatini xorijiy analoglardan kam bölmagan darajada ta’minlaş, raqobat va foydalaniş imkoniyatini oşirişga qaratilgan umumiy qiymati 1 milliard dollar bölgan loyihalar portfelini yaratiş ma’qullandi.

Maqolada ma’lum qilinişiça, eksportni oşiriş uçun davlat budjeti tadbirkorlarning AQŞ oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi va Yevropa dori vositalari agentligidan sertifikat oliş xarajatlarini qoplaydi.