Tramp prezidentlikka qaytişidan oldin Taker Karlson degan konservativ jurnalist haqida tez-tez gapirardik. Uning Trampni favqulodda qöllaşi, Moskvada Putin bilan intervyu olişga borib, Ukrainadagi uruş haqida asossiz gaplar aytgani uçun tanqid qilganimiz esimda. Buni qarangki, öşanda Trampni oğzidan bol tomib maqtagan Karlson bugun Trampning saylanişiga yordam berganidan afsuslanib yuribdi.
AQŞning Eronda boşlagan uruşi, Isroilning Amerikaga ta’siri köpçilik tasavvur qilganidan ham katta ekanini körgan Karlson Trampni qöllagani notöğri bölganini tuşunib yetibdi. Karlson juda katta odam, respublikaçilar partiyasining Trampdan keyingi eng maşhur vakili desa ham böladi. Şu sabab bu mavzuga alohida video töxtalsak, arziydi.
«Afsusdaman...»
«Tramp saylanişiga hissa qöşganim uçun hali uzoq vaqt vijdon azobida yursam kerak. Bu holatda şunçaki fikrimni özgartirdim, deyiş kamlik qiladi. Odamlarni çalğitganim uçun puşaymonman», dedi jurnalist navbatdagi efirlaridan birida.
Taker Karlson Trampni saylov oldidan qanaqa qöllab yurganini eslasangiz kerak. Jurnalist respublikaçilar orasida maşhur, şu sabab Tramp kampaniyasi vakillari undan unumli foydalanib qolişgandi. Taker Baydenni mazax qilar, Trampni qutqaruvçidek körsatişga urinardi. Ayniqsa Ukrainadagi uruş masalasida Jo Bayden ma’muriyatini keskin tanqid qilardi.
Karlson uruş ketayotgan bir vaqtda Moskvaga borib, Putin bilan intervyu qilib kelgan. Katta ehtimol tayyorlangan savollarga tayyorlangan javoblarni quloğini qimirlatmay eşitib kelgan Karlson Putinga bir dona ham kelişuvdan taşqari savol berolmagandi. Bu intervyu amalda Putinni oqlaş uçun xizmat qilgan, Kreml uni bajonidil barça sahifalarida ulaşgandi.
Karlson Tramp saylanganidan keyin ham uning tarğibotida faol böldi. Lekin Amerika Eronda uruş boşlagaç, uning prezidentga nisbatan pozitsiyasi keskin özgardi. Har qança ğalati bölmasin, Taker Karlson Donald Trampning Amerikadagi eng aşaddiy tanqidçisiga aylanib qoldi. Demokratlar orasida ham bunaqa maşhur tanqidçi topolmaysiz.
Karlson Amerika Eronga qarşi Isroilning sörovi bilan uruş boşladi deb hisoblab, aynan şundan qattiq ğazablanişini yaşira olmayapti. Oxirgi bir neça oy davomida uning intervyulari asosan Isroilning Amerikaga ta’siri, yahudiylar, musulmonlar, nasroniylar, Erondagi uruş haqida bölmoqda.
Fevral örtalarida Karlson Isroilga borib, Amerikaning bu davlatdagi elçisi Mayk Xakabi bilan intervyu uyuştirdi. Bu suhbatni butun dunyoda keng muhokama qilişdi, davlatlar unda aytilgan gaplar böyiça izoh talab qildi, norozilik bildirdi.
















