Kimdir oldi, kimdir esa yöq: “Uzbekistan Airways”ning bayram çegirmasi tanqidga uçradi. Kompaniya özining 33 yillik yubileyi munosabati bilan keça, ya’ni faqat bir kun barça yönalişdagi çiptalar uçun 30 foizlik çegirma e’lon qilgan edi. Ammo tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga köra, 28 yanvar kirib kelişi bilan 30 foizlik çegirma qimmatlaştirib yuborilgan.
Bu holat esa köpçilikning e’tirozlariga sabab bölgan. Kun.uz holatga aniqlik kiritiş maqsadida “Özbekiston havo yöllari” markaziy kassasiga kelganlar bilan sörovnoma ötkazdi. Ayrimlar çiptalarni çegirma narxida olayotganliklarini aytişgan bölsa, aksariyat fuqarolar e’lon qilingan 30 foizlik çegirmalarni çipta narxlarida sezmaganliklarini aytişdi.
“Uzbekistan Airways” AJ matbuot kotibining fikrlariga köra, çiptalar butun dunyoda 24 soat davomida sotiladi. Keça bir narxda sotilgan bölsa, bugun boşqa narxda bölişi tabiiy. Xaridlar natijasida arzon tariflar tugab, qimmatroq tarifdagi çiptalar sotuvga çiqariladi. Şundan söng ayrim yölovçilarga çegirmalar körinmaydi.
“Bu tariflarning öynab turişi bilan boğliq jarayon, tariflar sistemaga kiritilgan böladi va uni 1-2 kun içida özgartiriş qiyin, xodimlar 2-3 oy oldin harakat qilişadi, şuning uçun ataylab narxlarni qimmatlaştirib sistemaga kirita olmaymiz” – deydi kompaniya matbuot kotibi.










