Jinoyat işlari böyiça Yaşnobod tuman sudida sudya Baxtiyor Alimov raisligida “Allianse Motors” MÇJ mansabdorlariga nisbatan qözğatilgan jinoyat işini körib çiqiş boşlandi. Bu haqda sud majlislari jadvalida keltirilgan.
Jinoyat işi doirasida 9 kişi – MJJ ta’sisçisi Şaxzoda Narziyeva, uning ukasi Davlatbek Narziyev va boşqalar ayblanyapti.
Sudlanuvçilarga özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş, firibgarlik, öğirlik, valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş, çet el valutasini yaşiriş, bojxona töğrisidagi qonun hujjatlarini buziş, soliqlar yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş, savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş, jinoiy uyuşma taşkil etiş, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş hamda boşqa jinoyatlar bilan ayblov e’lon qilingan.
Kun.uz tanişgan ayblov xulosasida keltirilişiça, Şaxzoda Narziyeva ukasi Davlatbek Narziyev bilan fuqarolarning pul mablağlarini aldov yöl bilan qölga kiritgan holda yengil daromad topişni maqsad qilib, 2021 yil dekabr oyida “Allianse Motors” MÇJni taşkil etgan.
Firmaga Şaxzoda Narziyeva umumiy rahbarlik qilgan. U jinoiy yöl bilan qölga kiritilgan pullarni jinoiy uyuşma a’zolari örtasida taqsimlab, boşqa viloyatlarda ham jamiyat filiallarini oçişni rejalaştirgan. MÇJni Davlatbek Narziyev direktor sifatida boşqargan.
Jinoyat işida 128 kişi jabrlanuvçi sifatida ötgan. Ularga yetkazilgan zarar miqdori esa 46 mlrd sömga teng.
Qayd etilişiça, MÇJ mansabdorlari jinoiy faoliyat natijasida topilgan mulkni legallaştirib kelişgan. Xususan, Şaxzoda Narziyeva jinoiy yöl bilan qölga kiritilgan pullar hisobidan Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumani Alişerobod mahallasidagi uylardan birini 477 ming dollarga sotib olişga kelişgan. U 2024 yil iyul oyiga qadar 162 832 dollar va 401 mln söm pullarni şu maqsadda tölab kelgani aniqlangan.
Kun.uz avvalroq jabrlanuvçilarning murojaati asosida uşbu iş böyiça suriştiruv olib borgandi. Suriştiruv davomida murojaatçilar “Allianse Motors” MÇJ mijozlar bilan şartnoma tuzib, maşinalarni vaqtida keltirib bermagani, ayrimlarni esa yetkazib berilgan avtoransport vositasining hujjatini töğrilab bermasdan ovora qilayotganini bildirgan.
Şundan söng köp ötmay “Allianse Motors” MÇJ mas’ullariga nisbatan jinoyat işi qözğatildi









