Özbekistonda tabiiy gazga ulanmagan, elektrlaştiriladigan xonadonlar uçun elektr energiyasining imtiyozli tarifi joriy etiladi. Bu haqda prezident huzuridagi yiğilişdan keyin energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov ma’lum qildi.
“Elektr energiyasi iste’moli ortişi bilan birga aholi, elektr transportlari va boşqa yönalişlarda, ayniqsa, elektrlaştiriladigan xonadonlarga imtiyozli tariflar qilib beriş böyiça mexanizmlar böyiça topşiriqlar berdilar”, – dedi vazir “Özbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida.
Uning sözlariga köra, quriliş va energetika sohalaridagi loyihalarda mahalliy mahsulotlardan foydalanişga asosiy e’tibor qaratiladi. Energetika vazirligi qoşida Energetika instituti taşkil etiladi.
“Barça topşiriqlar böyiça qisqa muddatlarda dastur loyihasi kiritiladi”, – dedi Mirzamahmudov.
Avvalroq Kun.uz joriy yildan boşlab yangi quriladigan köp kvartirali uylar tabiiy gaz tarmoğiga ulanmasligi haqida xabar bergandi.
Eslatib ötamiz, Jörabek Mirzamahmudov 2024 yil oktyabr oyidagi intervyusida tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan hududlardagi xonadonlar uçun elektr energiyasiga 50 foizlik çegirma berilişi, bu tartib 1 yanvardan joriy qilinişi mumkinligini aytgandi. Lekin bu amalga oşmadi.










