Saudiya Arabistonidagi Jeddah Tower binosi ustida iş olib borayotgan Kingdom Holding Company dunyodagi eng baland inşootni quriş işlari 2028 yilda yakunlanişini ma’lum qildi.

«Dunyo ambitsiyasi va taraqqiyoti ramziga aylanuvçi Jeddah Tower’ni quriş işlari rasman qayta tiklandi», — deyiladi Kingdom Holding Company xabarida. Mazkur osmonöpar binoning qurilişi haqida ilk bor 2011 yilda xabar berilgan va quriliş işlari 2013 yilda boşlangan edi.

Binoning yakuniy balandligi qançani taşkil etişi hozirça oçiqlanmagan bölsada, rejaga köra u 1001 metrdan kam bölmaydi. Bu mazkur inşoot hozirgi kunda dunyoning eng baland binosi hisoblanuvçi Dubaydagi 828 metrli Burj Xalifadan kamida 173 metrga balandroq bölişini anglatadi.

Avvaliga quriliş işlarini 2020 yilda yakunlaş rejalaştirilgan edi, ammo 2018 yilda barça işlar töxtatib qöyildi. Bu vaqt davomida inşootning 63 qavati kötarilgan xolos. Ötgan hafta tantanali marosimda 64-qavatni quriş işlari boşlangan. Qurilişga mas’ul kompaniya har tört kunda bitta qavatni topşirib, 2028 yilda quriliş yakunlanişini ma’lum qilgan.

Jeddah minorasi Jidda şahrining şimolida bunyod etilayotgan yangi hududning markaziy qismiga aylanadi. Binodan Four Seasions mehmonxonasi, turar-joy xonalari, ofislar va 157 qavatda joylaşadigan dunyodagi eng baland tomoşa maydonçasi örin oladi.