Yaponiyaning SoftBank kompaniyasi ChatGPT sun’iy intellekt çatbotini yaratgan Amerikaning OpenAI startapiga 25 milliard dollargaça investitsiya kiritiş niyatida. Bu haqda Financial Times va CNBC xabar berdi.
FT’ning qayd etişiça, bunday sarmoya SoftBank’ni OpenAI’ning eng yirik moliyaviy homiylaridan biriga aylantiradi. SoftBank va kompaniya AQŞning yangi prezidenti Donald Tramp e’lon qilgan Stargate sun’iy intellekt loyihasi doirasida şerik hisoblanadi. Mazkur loyiha «sun’iy intellektning keyingi avlodini qöllab-quvvatlaş» va ma’lumotlarni qayta işlaş böyiça köplab markazlarni yaratiş maqsadida işga tuşirilgan. Birinçi bosqiçda loyihaga 100 milliard dollar investitsiya kiritiladi va keyingi tört yil içida u 500 milliard dollarga yetkaziladi.
SoftBank Stargate’ga 15 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritiş niyatida, şuningdek, u OpenAI’ga 15-25 milliard dollar investitsiya kiritiş böyiça muzokaralar olib bormoqda.
CNBC’ga köra, SoftBank avval ham OpenAI’ga investitsiya kiritgan, ammo kamroq miqdorda. Bunga qadar OpenAI’ga Microsoft 13 milliard dollar mablağ yönaltirgan. ChatGPT işga tuşirilganidan beri uning qiymati 157 milliard dollargaça oşgan.
Avvalroq, Xitoyning DeepSeek startapi yangi sun’iy intellekt modelini taqdim etişi global moliya bozorini larzaga solgan, oqibatda Nvidia, OpenAI, Microsoft va Google kabi yirik texnologik kompaniyalar aksiyalari narxi keskin tuşib ketgan edi.








