AQŞ administratsiyasi prezident Donald Trampga qarşi işlar bilan şuğullangan Federal tergov byurosi (FTB) xodimlarini işdan böşatişni rejalaştirmoqda. Bu haqda The Washington Post öz manbalariga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga köra, boş prokuror örinbosari Emil Bove FTBning yuqori lavozimli kamida sakkiz nafar xodimini lavozimdan olişni va byuroning minglab xodimlari işi ustidan keng kölamli tekşiruvlar ötkazişni buyurgan. Ular orasida Kapitoliyda yuz bergan tartibsizliklarni tergov qilgan xodimlar ham bor.
WP’ning yozişiça, Kapitoliy tartibsizliklarida faol iştirok etgan FTBning Vaşington byurosi direktori yordamçisi Devid Sandberg ham lavozimidan ayriladi. Ta’kidlanişiça, FTB xodimlari bir neça kun içida iste’foga çiqmasa, işdan olinadi.
Naşr suhbatdoşlarining sözlariga köra, Adliya vazirligi, şuningdek, maxsus prokuror Jyek Smit tergovida iştirok etgan FTBning boşqa önlab agentlarini ham işdan böşatiş imkoniyatini körib çiqmoqda. U Trampga qarşi ikkita işni olib borgan — 2020 yilgi saylovlarga aralaşişga uriniş va maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlaş.
Smitning özi yanvar örtalarida iste’foga çiqqandi. AQŞ Adliya vazirligida tozalaş işlari 27 yanvardan, Donald Tramp lavozimga kirişganidan bir hafta ötib boşlangan.












