3 fevral tongida Moskva şahri şimoli-ğarbidagi Aviatsiya köçasida joylaşgan «Aliye parusa» turar joy kompleksida portlaş röy berdi. Huquq-tartibot organlariga yaqin bölgan Baza telegram-kanali ma’lumotiga köra, uy pod’yezdiga kirişda qölbola portlovçi qurilma harakatga keltirilgan.

Yevgeniya Novojyenina / Reuters / Scanpix / LETA
Portlaş oqibatida bir kişi halok bölib, bir neça kişi jarohatlangan. «VÇK-OGPU» va «112» telegram-kanallari portlaş şu yerda yaşovçilardan biri qöriqçisi bilan pod’yezdga kirganida röy berganini yozişgan. Telegram-kanallar uy xizmatçilardan birining sözlariga asoslanib xabar tarqatgan, u avval «bu odamni televizorda körgani»ni aytgan. Bunday versiya keyinroq «Kommersant» xabarida ham keltirildi.
Gazeta gap DXR boks federatsiyasi rahbari va «Arbat» batalyoni asosçisi Armen Sarkisyan haqida borayotganini ma’lum qilgan. Avvaliga Baza Sarkisyan tirik qolgani va poytaxtdagi şifoxonalardan biriga olib borilgani, ammo koma holatida qolayotganini yozdi. Mash xabarida ham u «jiddiy yaralangani» aytildi. «Interfaks» esa dastlab huquq-tartibot organlaridagi manbasiga asoslanib, Armen Gorlovskiy sifatida ham maşhur bölgan Armen Sarkisyan halok bölganini xabar qildi.

Keyinroq «Interfaks» va TASS öz manbalariga asoslanib, Sarkisyan oğir yarador bölgani haqida xabar tarqatdi. «Sarkisyan şifoxonaga yotqizilgan. Uning holati öta oğir deb baholanmoqda», — degan «Interfaks» suhbatdoşi. TASS aniqlik kiritib, halok bölgan şaxs Sarkisyanning qöriqçisi ekanini bildirdi. RIA Novosti xabarida esa Sarkisyan «oyoqsiz qolgani» aytiladi.
Ammo keyinroq Baza va Mash telegram-kanallari, şuningdek «Kommersant» va TASS Armen Sarkisyan jonlantiriş bölimida vafot etganini xabar qildi.
Sönggi ma’lumotlarga köra, portlaş oqibatida tört kişi yaralangan. Moskva soğliqni saqlaş departamentidagilar jabrlanuvçilarning holati oğirligini ma’lum qilgan.
Tergov qömitasi hodisa yuzasidan jinoiy iş qözğatilganini ma’lum qildi. Aynan qanday modda böyiça ekaniga aniqlik kiritilmagan. «Kommersant» yozişiça, jinoiy iş ikki yoki undan ortiq şaxsni öldiriş va öldirişga suiqasd harakati böyiça (RF JK 105-modda) oçilgan.












