Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berişiça, mazkur şartnoma Özbekistonning iqtisodiy rivojlanişini qöllab-quvvatlaş va xalqaro investorlarni jalb etiş maqsadida amalga oşirilmoqda.

Şartnomaga köra, Franklin Templeton jamğarmaga tegişli bölgan 18 ta davlat korxonasi va tijorat banklari aksiyalaridan iborat investitsion portfelni boşqarib, ularning investitsion jozibadorligini oşirişga qaratilgan transformatsiya dasturlarini amalga oşiradi. 

Mazkur transformatsiya dasturlari amalga oşirilgandan söng jamğarma hamda uning boşqaruvidagi korxonalar va banklar aksiyalari mahalliy va xalqaro fond birjalariga olib çiqiladi.

Buning uçun, Franklin Templeton tomonidan jamğarmaga tegişli davlat korxonalari va tijorat banklari strategiyalarini qayta körib çiqiş, ularda korporativ boşqaruv tizimi, moliyaviy samaradorligi, içki audit va risklarni boşqariş tizimini jahon standartlariga moslaştiriş, xodimlar malakasini oşirişga qaratilgan transformatsiya dasturlari amalga oşiriladi.