Hamad Medical Corporation boşqaruvçi direktori Muhammad bin Xalifa Al-Suvaydiy Özbekiston Qatarning strategik hamkori va yuqori işçi kuçi salohiyatiga ega davlat ekanini hamda mamlakat soğliqni saqlaş tizimi kadrlarga bölgan ehtiyojni qondiriş uçun uzoq muddatli hamkorlikni yölga qöyişdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. 

Uning aytişiça, Hamad Medical Corporation turli profildagi 15 ta şifoxonani birlaştiradi. Ularda 35 mingdan ortiq xodim, jumladan, 12 ming hamşira işlaydi. Ular har yili Qatar va mintaqaning boşqa davlatlaridan kelgan 3 milliondan ortiq bemorga xizmat körsatadi.

Hamad Medical Corporation vakillari agentlik faoliyati va Özbekistondagi taşqi mehnat migratsiyasi mexanizmlari, xalqaro hamkorlar bilan aloqalarning mavjud muvaffaqiyatli modellari bilan batafsil tanişdilar.

Muzokaralar natijasida malakali tibbiyot mutaxassislarini tanlaş, ularning kasb va til örganişi, işçi vizalarini rasmiylaştiriş, Dohaga kelişi, yaşaşi va Hamad Medical Corporation'da munosib mehnat şaroitlari bilan ta’minlanişi kabi masalalarni hal etiş böyiça qöşma işçi guruh tuziş töğrisida kelişuvga erişildi.