Rossiyada migrantlarning pul ötkazmalaridan davlat boji undiriş taklif etildi. Taşabbus «Spravedlivaya Rossiya» partiyasi raisi va Davlat dumasi deputati Sergey Mironov tomonidan ilgari surildi.

Deputat çet el fuqarolarining transçegaraviy ötkazmalari uçun davlat bojini joriy etiş zarurligini aytib, ötgan yil yakunlariga köra Qirğiziston va Özbekiston fuqarolari Rossiyadan öz mamlakatiga 14 milliard dollardan ortiq mablağ ötkazganini ta’kidladi.

«Migrantlarning katta qismi Rossiyada soliq tölamaydi, migrantlar katta miqdordagi pulni mamlakatdan olib çiqib ketişadi. 2021 yilda hukumat pul ötkazmalari uçun qöşimça tölovlar masalasini muhokama qilgan, biroq Moliya vazirligi bu masalani keçiktirgan edi. Amaldorlarimiz Rossiya fuqarolari uçun tariflar, aksizlar va yiğimlarni oşirişga kelganda dovdirab qolmaydi, lekin çet elliklar haqida gap ketganda, darrov öylab qolişadi. Ayni paytda, agar 3 foizlik boj joriy etilsa, ğaznaga faqat ikki respublika — Qirğiziston va Özbekistonga ötkazmalardan 45 milliard rubldan ortiq mablağ tuşadi. Bizga şunday pul kerak emasmi? Biz qonunçilik taşabbusini tayyorlab, Davlat Dumasiga taqdim etamiz», dedi u.