Özbekistonda dorixonalar hatto eng qaltis, nojöya ta’siri köp dorilarni sotişda ham kamdan kam holatda retsept söraydi. Rivojlangan mamlakatlarda esa buning aksi: şifokor retsepti bölmasa, dori sotib oliş amrimahol. Kun.uz muxbiri Toşkentdagi öndan ortiq dorixonalarga kirib vaziyatni örgandi, yeçim nimada degan savol bilan Farmagentlik rahbariga yuzlandi.
2024 yil dekabr holatiga köra, Özbekistonda 1491 ta retsepsiz va 7121 ta retsept bilan sotiladigan dori vositalari röyxatga olingan. Lekin deyarli barça hollarda retsept bilan olinadigan dorilarni retsepsiz xarid qilişga örganib qolganmiz.
Iste’molçi biron dorini söraydi, dorixona xodimi esa beraveradi.
Kun.uz qonunçilikda belgilangan talablarga aksariyat hollarda amal qilinmasligini Çilonzor va Uçtepa tumanlarida joylaşgan 15 ga yaqin dorixonalardan örgandi: muxbirimiz retsept bilan sotiladigan dorilarni retsepsiz sörab kördi.
Tajribamizda Çilonzor tumanidagi bir neçta dorixona xodimlari “Normodipin”, “Mezaton”, “Yantasol”, “Feksonik”, “Omeprazol” , “Pentoksim” kabi dori vositalarini heç qanday retsepsiz berdi.
Kun.uz muxbiri buyrak, yurak oğriğiga dori sörab körganda, ayrim farmatsevtlar retsept bilan, yana ba’zilari retsepsiz sotiladigan dori vositalarini tavsiya qildi.
Örganiş davomida faqat 2 ta dorixona xodimlari nizom talablariga rioya etib, retsept bilan beriladigan dori vositalarini bizga sotmadi.
Xususan, buyrak oğriğiga qarşi dori söralganda, Çilonzor tumani Qatortol köçasida joylaşgan dorixona xodimi bunday dori bera olmasligini, bu uçun javobgarlik borligini eslatdi. Boşqa dorixona xodimi esa provizor tomonidan yurak, buyrak oğriği va qon bosimiga qarşi dori tavsiya qiliş mumkin emasligini aytdi.
SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 165-moddasi 1-qismi bilan dori vositalarini retsept böyiça çakana realizatsiya qiliş tartibini buziş – bazaviy hisoblaş miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigaça miqdorda jarimaga sabab böladi. Tarkibida kuçli ta’sir qiluvçi moddalar mavjud bölgan dori vositalarini retsept böyiça çakana realizatsiya qiliş tartibini buziş esa BHMning 50 baravaridan 100 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.











