Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vladimir Volodin Rossiyaga kiruvçi xorijliklarni majburiy tibbiy körikdan ötkaziş böyiça qonunçilik taşabbusi Davlat Dumasiga kiritilişini ma’lum qildi.

Bundan taşqari, u hukumatdan umuman mehnat migratsiyasini tartibga soliş va migrant oilalarning Rossiyaga kirişiga oid takliflar kiritişini kutayotganini aytdi.

«Migratsiya siyosati sohasini töliq tartibga solinmagunça takomillaştirişni davom ettiriş muhim. Buni migratsiya jarayonlarini tartibga soliş va nazorat qiliş uçun mas’ul bölganlarning barçasi tuşunişi kerak», deb yozdi mulozim.

2025 yil fevral oyida Rossiya Içki işlar vazirligi boşliğining birinçi örinbosari Aleksandr Gorovoy Rossiya hududida 670 mingga yaqin noqonuniy migrant borligini, ularning aksariyati ayollar va bolalar ekanini aytdi.

2025 yil yanvar oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzolagan farmonga köra, noqonuniy migrantlar 2025 yil 30 aprelgaça Rossiyani tark etişi yoki öz holatini qonuniylaştirişi şart.