Federal tergov byurosi (FBI, FTB) işi AQŞ prezidenti yangi ma’muriyatining kadrlar almaşinuvi va işdan böşatişlar taşabbusidan keyin yuzaga kelgan «xaos» tufayli sekinlaşdi, deb yozdi The Wall Street Journal (WSJ).

FTB va Adliya vazirligining yigirmadan ortiq xodimi allaqaçon işdan böşatilgan va Oq uy 2021 yilda Kapitoliy qamalini tergov qilişdagi roli tufayli işdan böşatilişi mumkin bölgan minglab odamlar röyxatini tuzişga kirişgan.

27 yanvar kuni Donald Trampga qarşi tergov olib borgan kamida ön nafar federal prokurorga işdan böşatilgani töğrisida bildirişnoma berilgan. Adliya vazirligi yangi rahbariyati AQŞ prezidentining rejalarini amalga oşirişda «ularning xizmatiga tayana olmasligini» ma’lum qilgan.

31 yanvar kuni boş prokuror örinbosari Emil Bove (ilgari Trampning advokatlari guruhida işlagan) FTB direktori vazifasini bajaruvçi Brayan Driskollga byuroning yuqori martabali rahbarlari iste’foga çiqişi yoki işdan böşatilişi kerakligi haqida maktub yuborgan. U, şuningdek, byurodan Kapitoliyga bostirib kiriş işini tergov qilganlarning röyxatini taqdim etişni söragan.

Qayd etilişiça, FTB minglab agentlariga 2021 yil 6 yanvardagi tartibsizliklarni tergov qilişdagi roli haqida 12 ta savoldan iborat anketa topşirilgan. 4 fevral kuni Driskoll 5 mingdan ortiq odam haqidagi ma’lumotlarni taqdim etib, Adliya vazirligi talabini bajarganini e’lon qildi. WSJ yozganidek, u yerda faqat ID raqamlari körsatilgan, nomlar emas. Bove bundan norozi böldi va FTB barça xodimlari röyxatini talab qildi, deb yozdi WSJ.

4 fevral kuni bir guruh FTB xodimlari öz ismlarini oşkor qilmaslik uçun Adliya vazirligi ustidan sudga murojaat qildi. Ular Tramp tarafdorlari xodimlar röyxatini e’lon qilib, agentlar va ularning oilasini xavf ostiga qöyişidan qörqmoqda.

FTB agentlari assotsiatsiyasining WSJ naşriga xabar berişiça, ba’zi xodimlar işdan böşatişlardan şunçalik xavotirga tuşgan-ki, allaqaçon iş stollarini yiğiştirib qöygan. Assotsiatsiya öz a’zolariga xat yuborib, iste’foga çiqmaslik yoki bunday takliflarni qabul qilmaslikka çaqirgan.

Naşr manbalariga köra, «bu xaosda byuro işi sekinlaşgan» va FTB yuqori martabali rahbarlari uçun kundalik brifing vaqti «qisqartirilgan».

Yangi ma’muriyat FTB xodimlari oldiga ham yangi vazifalar qöymoqda, deb yozdi WSJ. Xususan, Bove 2001 yil 11 sentabrdagi xurujlardan söng tuzilgan terrorizmga qarşi kuraş böyiça tezkor guruhlarga immigratsiya jinoyatlarini tergov qilişga qöşilişni buyurgan. FTB xodimlari unga qayta taqsimlaş agentlarni terrorizmda gumon qilinganlarni kuzatişdan çalğitişini aytganidan keyin u buyruğini yumşatgan.