Kun.uz yakunlanayotgan haftaning eng qiziqarli texno xabarlarini jamladi.
Gemini – yanada aqlliroq
Google özining eksperimental sun’iy intellekt modelining yangilanişini taqdim etdi. Gemini 2.0 Flash Thinking nomli model murakkab savollarga qanday javob berganini tuşuntiriş qobiliyatiga ega. Ya’ni foydalanuvçi biror savolga javob olgaç, sun’iy intellektdan bu javobni qanday qilib tuzganini batafsil sörab olişi mumkin.
Gemini foydalanuvçilari 5 fevraldan boşlab yangi modelni işlata boşlaşdi. Şu kundan boşlab YouTube, Google-qidiruv va Google-xaritalar bilan integratsiyalaşa oladigan yana bir versiya ham tajriba tariqasida taqdim etildi.
Sun’iy intellekt texnologiyalari dasturçilarning işini osonlaştiryapti. Google e’lon qilgan yangiliklar qatorida pulli versiya – Gemini 2.0 Pro modelining eksperimental versiyasi ham bor. Bu model kod yoziş va matematik vazifalarni hal qilişda avvalgisidan köra aqlliroq iş tutadi.
Ma’lumot uçun, Google bu yil SI tadqiqotlariga 75 milliard dollar ajratişni rejalaştirmoqda, bu – 2023 yildagi 32,3 milliard dollardan ança köp.
Jadvaldan – diagrammaga
Google Sheets va Gemini integratsiyasi bilan, endilikda foydalanuvçilar jadvaldagi ma’lumotlarni vizual şaklga ötkazişlari mumkin. Sun’iy idrok jadvaldagi ma’lumotlar asosida trendlarni tahlil qilib, diagrammalar yasay oladi. Bu funksiya Google Workspace'ning aksariyat pulli tariflariga qöşilgan. Qolaversa, oylik tölovi 19,99 dollar bölgan Google One AI Premium obunaçilari ham yangi qulaylikdan foydalanişlari mumkin.
Gemini diagramma yasaşda jadvaldagi ma’lumotlarni Phyton dasturlaş tiliga ötkazadi yoki oddiy formulalardan foydalanadi. Hozirça bu funksiyaning asosiy kamçiliklaridan biri, yaratilgan diagrammalar statik bölib, jadvaldagi ma’lumotlar özgarganda avtomatik yangilanmaydi.







