Xitoyliklar robotga ham kung-fu usullarini örgatişdi. Yaqin kelajakda turistlarning sayohat manzili yerdan fazo tomon özgarişi mumkin. Blue Origin kompaniyasi 6 nafar yölovçini fazoga olib çiqdi. Adobe kompaniyasi iPhone foydalanuvçilari uçun yangi imkoniyatlarga ega Photoshop ilovasini işlab çiqdi. Sönggi haftada texnologiyalar olamida kuzatilgan yangiliklar – Kun.uz texnodayjestida.
Yangi “ajdarho jangçisi”
Xitoyning Unitree kompaniyasi odamsimon G1 robotining iş funksiyalarini kengaytirdi. Endilikda robot kung-fu usullarini ham bajara oladi.
G1 bungaça salto otiş, raqs tuşiş, yonğoq çaqiş va tost tayyorlaş kabi murakkab harakatlarni qila olişi bilan maşhur bölgandi. Yangi boşqaruv algoritmi robotning balans va harakat repertuarini yanada rivojlantirib, unga jang san’ati elementlarini ham qöşgan.
Unitree'ning G1 modeli işlab çiqaruvçilar tomonidan 16 ming dollarga baholanyapti. Kompaniya innovatsion qurilmasini ommaviy joylarda namoyiş etişini hisobga olsak, xitoyliklar köçalarda yurişda ehtiyot bölişi kerak. Robot jang san’atini yaxşigina özlaştirib oldi.
Bepul Microsoft Office
Microsoft Windows operatsion tizimi uçun bepul Office versiyasini sinovdan ötkazyapti. Foydalanuvçilar uşbu dasturdan reklama va ba’zi çeklovlar bilan foydalanişlari mumkin.
Asosiy çeklovlar: yon panelda reklama bannerlari çiqib turadi. Har bir neça soatda 15 soniyali video reklamalar çiqadi. Hujjatlarni faqat OneDrive'da saqlaş mumkin, lokal xotira yöq.
Şuningdek, ba’zi funksiyalar öçirilgan: Wordʼda çiziş va dizayn vositalari mavjud emas. Excel'da funksionallikni kengaytiruvçi qöşimça dasturiy modullar, dinamik jadvallar va makroslar qöllab-quvvatlanmaydi. PowerPoint'da esa diktofoniya va maxsus slaydlar yöq.
Hozirça Microsoft'da uşbu bepul versiyani töliq çiqariş rejalari yöq. Hindistonda özkazilayotgan test sinovlarining natijalari kompaniyaning keyingi qarorlariga ta’sir ötkazişi mumkin.







