Texnologik rivojlaniş şunçalik şiddatli keçyaptiki, oyoğing ostidan yer ketib qolayotgandek bölasan kişi. Bu yoqda Ğarb texnogigantlari özlarining yangiliklari bilan: ba’zilari sun’iy intellektni öqitiş uçun butunboşli atom elektr stansiyalar energiyasini sotib olişyapti – şunçalik katta energiya talab qiladi ularni öqitiş. Boşqalari öz robotlari bilan butunboşli zavodlarni odamsiz qilişmoqçi.

Bu yoqda esa Xitoy özining töxtovsiz texnologik ösişi bilan odamni qörqitib yuboryapti: göyo yana ozroq vaqt ötadi-yu, hammamiz Xitoy kompartiyasining nazoratiga ötamiz: har birimiz haqimizda kattakon serverlarlar içida kiçkina joy ajratiladi.

“Ertaga nimalarga tayyor bölişimiz kerak?” – bu savol hammamizni qiziqtirişi kerak. Biroz bölsa-da texnodunyoda nima bölayotganidan xabardor bölib turiş uçun, Kun.uz'ning “Texnodayjest”ini körib boring.

Kvant kompyuteri çipi

Google, "Willow" nomli yangi kvant kompyuter çipini taqdim etdi. Kompaniya ta’kidlaşiça, uşbu çip hozirda mavjud kompyuterlar 10 septillion yilda hal qiladigan masalalarni 5 daqiqada yeçişi mumkin.

Septillion qanaqa raqam ekanini bilasizmi? Birdan keyin 24ta nol qöysangiz septillion böladi. Taqqoslaş uçun: Koinotni yuzaga keltirgan katta portlaş 15 mlrd yil avval bölgan deyişadi olimlar. Bu esa 1dan keyin atigi 9ta nol degani. Bu sayyoradan qoçib ketgim kelyapti...

Kvant kompyuterlari an’anaviy kompyuterlardan farq qilib, kvant zarraçalari xususiyatini işga soladi. Bu nima degani? Bu degani “svetni öçirib uxlang” degani!.. Nega? Çunki kvant dunyosini möjizalar dunyosi deb bemalol atasak böladi. Masalan mazkur dunyoda bitta nuqtadan çiqqan ikkita zarraçaning bittasiga ta’sir qilsangiz, ikkinçisi ham ta’sirlanadi, birovi Koinotning bu çekasida, ikkinçisi u çekasida bölsa ham. Ana şunday ajoyibotlarga töla dunyoni kompyuterga tiqişmoqçi!..

"Willow" çipi hali tajriba bosqiçida bölib, uni amaliy dasturlarda qöllaş uçun hali köp vaqt va mablağ talab etiladi. Google bu çipni, masalan, dori işlab çiqiş yoki yadroviy fuzion reaktorlarni loyihalaş kabi murakkab jarayonlarni tezlaştirişda qöllaşni rejalaştirmoqda. Natijada önlab yil ketadigan tadqiqotlar sanoqli daqiqalarda ötadi, tuşunyapsizmi?