Buyuk Britaniyaning Hempşir grafligidagi Netli qişloğida yaşovçi olti yoşli Teddi 2,5 mingdan ortiq plastik idişlarni töpladi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Teddi odatda konfet, şokolad yoki krekerlar qadoği sifatida sotiladigan plastik idişlar qayta işlaşga topşirilmasligini bilgaç, bunday qutilarni yiğişga qaror qilgan. Buyuk Britaniyaning ba’zi hududlarida bunday imkoniyat bor, Hempşirda esa hozirça yöq.
“Biz bu qutilarni ikkilamçi xomaşyo uçun oddiy konteynerga topşira olmaymiz, lekin men dunyoni qutqariş uçun vaziyatni özgartirişga qaror qildim. Sayyoramiz yagona va biz unga ğamxörlik qilişimiz kerak”, — deb tuşuntirdi bolakay.
Teddi qutilarni yiğişni 2024 yilda boşlagan, yil oxiriga kelib 358 ta qutini töplagan. Yaxşiroq natijaga erişiş uçun u maktabiga xat yozib, işlatilgan qutilarni unga berişlarini söradi. Maktab rahbariyatiga bu ğoya ma’qul keldi va ular xabarni boşqa öquvçilarning ota-onalariga yubordi.
Teddi onasi bilan birga mahalliy korxonalar binolariga e’lonlar osib çiqdi, bobosi esa çiqindixonaga borib, taşlab yuborilgan barça konteynerlarni saqlab qöyişni iltimos qildi. Ba’zida Teddining özi odamlarning uylaridagi plastiklarni yiğadi yoki ularni çiqindi qutilaridan terib çiqadi.
Yaqinda bola ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida post yozib, özini “eko jangçi” deb atadi va yuz minglab plastik idişlar çiqindixonaga yoki okeanga taşlanayotganini ta’kidladi. Şundan söng bolaning işlari yanada yurişib ketdi: bir oy içida u 2598 ta böş qutini yiğişga erişdi.
“Teddi muammolarimizni tuşunadi va bu ma’lumotni odamlarga yetkazişga hamda boşqalarni vaziyatni özgartirişga undaşga astoydil harakat qiladi”, — dedi uning onasi. Ayolning aytişiça, ularning ostonasida odamlar qoldirib ketayotgan idişlar soni tobora köpayib bormoqda.
Teddi yiğilgan şirinlik qutilarini plastikni qayta işlaş markaziga topşirmoqçi. Şundan söng bolakay özining ekologik faoliyatida tanaffus qilişni rejalaştirmoqda.











