Transparency International xalqaro nodavlat taşkiloti 2024 yil uçun Korrupsiyani qabul qiliş indeksini (Corruption Perception Index) e’lon qildi.

Özbekiston yangi reytingda 180 ta davlat orasida 2023 yildagi kabi 121-örinni egalladi. 100 balli indeks böyiça (0 — korrupsiya darajasi öta yuqori, 100 — öta past) Özbekiston 32 ball töpladi (bir yil avval — 33 ball). Angola, Ekvador, Keniya, Şri-Lanka va Togoda ham şunça ball bor.

Özbekistonning reytingdagi örni özgarmagan bölsa-da, bir yil içida mamlakatning bahosi 1 ballga pasaydi — bu körsatkiç kamida 2012 yildan buyon birinçi marta yomonlaşdi. Natijada, Özbekiston sönggi ön yil davomida korrupsiyani seziş körsatkiçini yaxşilaş sur’atlari böyiça jahon (ammo mintaqaviy emas) yetakçilari röyxatidan çiqib qoldi.

Avvalgi yillarda Özbekistonning örni:

  • 2023 yilda 121-örin;
  • 2022 yilda 126-örin;
  • 2021 yilda 140-örin;
  • 2020 yilda 146-örin;
  • 2019 yilda 153-örin;
  • 2018 yilda 158-örin.

Reytingda ketma-ket yettinçi yil Daniya yetakçilik qilmoqda — 90 ball. Undan keyingi örinlarni Finlandiya (88 ball) va Singapur (84 ball) egallagan.

Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça örtaça körsatkiç 2024 yil uçun indeksdagi eng past körsatkiçlardan biri bölib qolmoqda va 100 balldan 35 ballni taşkil etgan.

Mintaqada eng yaxşi natijani 53 ball bilan Gurjiston, Armaniston (47 ball) va Çernogoriya (46 ball) körsatdi. Yakuniy törtlikda Rossiya (22), Ozarbayjon (22), Tojikiston (19) va Turkmaniston (17) bor. Qozoğiston — 40, Qirğiziston — 25 ball töplagan.