«Tahliliy va tadqiqotçilik faoliyatini taşkil qiliş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini taşkil qiliş böyiça muvofiqlaştiruvçi kengaş huzurida Tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi taşkil etiladi.

Jamğarma mablağlari Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasida alohida oçilgan hisobraqamlarda jamlanadi va Muvofiqlaştiruvçi kengaş tomonidan belgilangan tartibda sarflanadi.

Jamğarma mablağlari quyidagilarga yönaltiriladi:

- muvofiqlaştiruvçi kengaşning faoliyat yönalişlari böyiça tadqiqotlarni amalga oşiriş;

- tahliliy materiallarni tayyorlaş va tadqiqotlarni ötkaziş uçun grantlar ajratiş;

- ijtimoiy sörovlar va jamoatçilik fikrini örganiş böyiça tadqiqotlarni amalga oşiriş.

Jamğarma mablağlari maqsadli va samarali sarflanişi ustidan nazorat Muvofiqlaştiruvçi kengaş tomonidan amalga oşiriladi.

Muvofiqlaştiruvçi kengaşga quyidagilarga ruxsat beriladi:

- Jamğarma mablağlarini milliy va xorijiy valutalarda bank depozitlariga joylaştiriş;

- grantlar va beğaraz texnik kömak vositalarini jalb qiliş;

- jismoniy va yuridik şaxslarga tölov asosida tadqiqotlar natijalari va ma’lumotlar bazalaridan foydalaniş hamda tadbirlarda iştirok etiş imkoniyatlarini beriş.