Qonun bilan Mehnat kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Mehnat kodeksiga “Yagona milliy mehnat tizimi”  idoralararo dasturiy-apparat majmuida  elektron şakldagi mehnat şartnomasini rasmiylaştiriş tartibini joriy etişni, iş haqi saqlanmaydigan ta’til davomiyligini belgilaş tartibini va xodimning örtaça iş haqini hisoblaş tartibini özgartirişni nazarda tutuvçi qöşimça va özgartirişlar kiritilmoqda.

Şuningdek, “Ta’lim töğrisida”gi qonunga muvofiq xodimlar keçki yoki sirtqi ta’lim şaklida öqişi mumkin bölgan ta’lim taşkilotlarining turlarini aniqlaştiruvçi özgartirişlar kiritilmoqda. 

Bundan taşqari, homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni işdan böşatişga taqiq joriy etilmoqda. 

Kiritilayotgan özgartirişlarga köra, davlat organlari va taşkilotlari işga qabul qiliş çoğida işga kirayotgan şaxsning pasportiga yoki identifikatsiyalovçi ID-kartasiga, mehnat daftarçasiga oid ma’lumotlarni mustaqil ravişda, şu jumladan axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalaşuv platformalari orqali sörab oladi. 

Davlat fuqarolik xizmatçilarining mehnatga oid munosabatlariga nisbatan mehnat töğrisidagi qonunçilikning amal qilişi “Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi qonun bilan tartibga solinmagan qismi böyiça tatbiq etilişi belgilandi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.