Nyu York hayvonot boği özining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida pingvinlar, jirafalar, yalqovlar, kapibaralar va boşqa hayvonlar tomonidan yaratilgan san’at asarlarini e’lon qildi. Uşbu rasmlar gala-auksionda sotuvga qöyiladi, deb xabar bermoqda UPI naşri.

“Rassomlarimiz Animal Art Auction kimoşdi savdosi uçun öz durdonalariga sönggi pardozni beriş ustida astoydil mehnat qilmoqda”, — deb ta’kidlanadi xabarda.

Hayvonot boği xodimi Mikaila Konvey ijodiy jarayon haqida sözlab berdi. Uning aytişiça, rasm çiziş hayvonlar uçun nafaqat rivojlantiruvçi maşğulot, balki köngil oçiş va his-tuyğularini ifoda etiş usuliga ham aylangan. Ammo baribir ularga qöşimça motivatsiya kerak bölgan. Masalan, pingvinlarga mazali yegulik va’da qilinganda yoki lazer körsatkiç bilan yordam körsatilganida, ular rasm çizişga jiddiy yondaşgan.

“Bizning pingvinlarimizni ham rasm çizişga undaşning eng oson usuli — ularga ovqat beriş”, — dedi Konvey.

“Dream Big Gala: Night Out on the Town” nomli katta kimoşdi savdosi 15 mart kuni ötkaziladi. Lotlar sifatida hayvonlar çizgan san’at asarlari taqdim etiladi. Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda asarlarning dastlabki körik-tanlovlari ötkazilmoqda. Kimoşdi savdosi onlayn şaklda ham bölib ötadi, töplangan mablağ esa hayvonot boği va jonivorlarning ehtiyojlariga sarflanadi.