Sirdaryo tumanidagi 1-sonli maktabda bir ayolning sinf xonasida öqituvçiga tarsaki tuşirgani aks etgan videolar böyiça Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova munosabat bildirdi.
Ta’kidlanişiça, holat vazirlik tomonidan nazoratga olingan.
“Sirdaryo viloyati MMTB işçi guruhi örganmoqda. Örganiş natijalariga köra tez orada jamoatçilikka qöşimça ma’lumot beriladi”, – deyiladi izohda.
Tarmoqlarda paydo bölgan videoda qora kiyimdagi ayol sinf xonasida öqituvçining böynidan olib, undan xonadan çiqib ketişini talab qilgan va yuziga tarsaki tuşirgani aks etgan.
Xʼdagi sahifasida uşbu videoni ulaşgan tarmoq foydalanuvçisi pedagog öquvçilardan birini uyatli sözlar bilan haqorat qilgani va şu sababli uning onasi öqituvçi bilan janjallaşgani haqida izoh qoldirgan.












