Samarqand viloyati Jomboy tumanida maşina boşqargan maktab öquvçisi yöl-transport hodisasi sodir etib halok böldi.

Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2025 yil 12 fevral kuni soat 12:30 larda sodir bölgan.

Jomboy tumanidagi 54-maktabning 11-sinf öquvçisi, 2007 yilda tuğilgan yigit tumanning Şerbuloq mahallasidan ötgan yölda «Lasetti» maşinasini haydab, boşqaruvni yöqotgan.

Şunda maşina yöl çetiga çiqib ketgan va daraxtga urilgan. Oqibatda yigit oğir tan jarohatlari olib şifoxonaga yotqizilgan. Körsatilgan muolajalarga qaramasdan u şifoxonada vafot etgan.

Qayd etilişiça, viloyat IIB YHXB boşliği iştirokida YTH sodir bölgan maktabda muhokama yiğilişi ötkazilgan. Yiğilişda ota-onalarga bolalarga rul boşqaruvini topşirmaslik va ularni qarovsiz qoldirmaslik uqtirilgan.