AQŞ prezidenti Donald Tramp administratsiyasi Yadro xavfsizligi milliy boşqarmasining (NNSA) yuzlab xodimlari işdan böşatilişini bekor qildi, deb xabar beradi Associated Press.

Ötgan hafta OAV agentlikning 400 nafargaça xodimi, jumladan, NNSA’da yadroviy qurollarni yaratiş va ularga xizmat körsatiş bilan şuğullanuvçi mutaxassislar işdan böşatilgani töğrisida xabar berilgandi. AP manbasiga köra, NNSA xodimlari 13 fevral kuni «kutilmaganda» işdan böşatilgan. 14 fevral kuni keçqurun e’lon qilingan xizmat qaydnomasida «vakolatlarini tugatiş töğrisidagi qaror» bekor qilinişi haqida söz boradi (28 nafar xodimdan taşqari). Bunday qaror nima sababdan qabul qilinganiga oydinlik kiritilmagan.

CNN telekanalining ma’lum qilişiça, işdan böşatilgan xodimlar orasida yadroviy qurol işlab çiqariş obektlarida faoliyat yuritgan, şuningdek, ular uçun talab va qöllanmalarni işlab çiqadigan mutaxassislar ham bölgan. Telekanal manbasiga köra, avvaliga heç kim agentlik faoliyati milliy xavfsizlikka boğliq ekanini «tuşunişga harakat qilmagan».

NNSA xodimlarining böşatilişi AQŞ Energetika vazirligining 2 mingga yaqin xodimi qisqartirilgani bilan boğliq. Qaror bekor qilinganidan keyin ham NNSA’ning ayrim xodimlari Ilon Mask rahbarlik qilayotgan Hukumat samaradorligi departamenti sabab yuzaga kelgan noaniqliklar tufayli iş joyiga qaytişni istamagan.