Bizni dunyo bilan boğlaydigan kiçik qurilma aslida real hayotdan uzoqlaştirayotgani haqida heç öylab körganmisiz? Smartfonning ruhiy va jismoniy soğliğimizga jiddiy zarar yetkazayotganini-çi, sezasizmi?

Kun.uz telefonlarga keragidan ortiq boğlanib qoliş natijasida yuzaga kelgan “raqamli qullik” va uning oqibatlarini örgandi.

Simptomlar

Insonning texnologik vositalarga haddan taşqari boğlanib qolişi natijasida öz hayoti ustidan nazoratni yöqotişi raqamli qullik deyiladi. Bu tuşunça, odatda, "telefonga qaramlik" yoki "texnologik asirlik" kabi iboralar bilan yonma-yon keladi.

Smartfondan doimiy foydalaniş istagi, uni işlatmasa özini notinç va noqulay his qiliş holati – telefonga qaramlik hisoblanadi. Bu ilmiy tilda "nomofobiya" (no-mobile-phone phobia – telefonsiz qolişdan qörqiş) deb ham ataladi.

Telefonga qaramlik quyidagi alomatlar bilan namoyon böladi:

  • heç qanday sabab bölmasa ham smartfon ekranini oçib, unga qarab turiş;
  • öqiş, iş yoki suhbat mobaynida doimiy ravişda telefonga çalğiş;
  • yotişdan oldin uzoq vaqt davomida telefon işlatiş va buning natijasida uyqu sifatining yomonlaşişi;
  • haqiqiy hayotdagi muloqot örniga faqat internet va virtual dunyoga boğlanib qoliş.

Dopamin tuzoği

Ijtimoiy tarmoqlar, mobil ilovalar va videoöyinlar muloqot qiliş, hordiq çiqariş va yangiliklardan xabardor böliş imkonini beradi. Lekin ular inson miyasida maxsus mukofot tizimini şakllantirib, qaramlikni ham keltirib çiqaradi. Bu jarayonning asosi dopamin deb nomlangan gormon bilan boğliq. Dopamin – miyada zavq va motivatsiya hissini uyğotadigan modda hisoblanadi.

Kaliforniya davlat universiteti olimlari ötkazgan tadqiqotda ijtimoiy tarmoqlarning miyadagi rağbat tizimini qanday özgartirişi örganilgan. Buning uçun MRT (magnit-rezonans tomografiya) yordamida miyaning faoliyati kuzatilgan. Izlanişlarda ma’lum bölişiça, har safar ijtimoiy tarmoqlardan bildirişnomalar kelganda, miyaning "mukofot markazi" (striatum) faollaşadi. Bu – insonda zavqlaniş holatini hosil qiladi, ya’ni qança köp layk yoki izoh qoldirilsa, şunça köp dopamin ajraladi. Şuning ortidan foydalanuvçi platformada uzoqroq qolişga moyillaşadi.