2025 yil yakuniga qadar bolalarni maktabgaça ta’lim bilan qamrab oliş darajasini 80 foizga yetkaziş vazifasi qöyilgan.

Hujjatga köra quyidagilar taşkil etiladi:

  • turmuş darajasi va tölov qobiliyati yuqori bölgan (kam ta’minlangan oilalar soni kam) mahallalarda DXŞ asosida nodavlat bolalar boğçalari;
  • olis va çekka hududlardagi mahallalarda (tuman va şaharlar markazida emas) oilaviy nodavlat bolalar boğçalari;
  • daromad darajasi past (nisbatan kam ta’minlangan oilalar soni köp) va demografik ösiş sur’ati yuqori tumanlarda nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari DXŞ asosida taşkil etilib, davlat kreditlari va grantlari, şuningdek xalqaro moliya institutlari mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi;
  • ijtimoiy muassasalarning böş turgan binolarida qisqa muddatli guruhlar.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:

  • 2025-2026 yillarda bolalarni maktabgaça ta’lim bilan qamrab oliş darajasini oşiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi hamda 3-7 yoşdagi bolalarni maktabgaça ta’lim bilan qamrab olişning maqsadli körsatkiçlari;
  • 2025-2026 yillarda 3-7 yoşdagi bolalarni maktabgaça ta’lim bilan qamrab olişning maqsadli körsatkiçlari;
  • Jahon bankining "Erta yoşdagi bolalar rivojlanişini qöllab-quvvatlaş" loyihasi doirasida davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarining öyin maydonçalari va tayyorlov guruhlarini stol va stullar bilan jihozlaş körsatkiçlari.