Litva hukumati Yevropa investitsiya banki (YeIB)dan öz hududida Bundesver harbiy bazasini quriş uçun moliyaviy yordam söradi. Litva hukumati hozirgina tegişli arizani topşirdi, dedi YeIB rahbari Nadiya Kalvino Germaniyaning Süddeutsche Zeitung gazetasiga 17 fevral, duşanba kuni bergan intervyusida.

Uning sözlariga köra, gap Belarus bilan çegara yaqinidagi Rudninkayda Bundesverning yangi brigadasi uçun harbiy baza yaratiş haqida ketmoqda. Yevropa investitsiya banki allaqaçon arizani örganişni boşladi, deya qöşimça qildi Kalvino.

Suddeutsche Zeitung qayd etganidek, Germaniya hukumati Litvada harbiy bazani joylaştiriş uçun 10 milliarddan ortiq mablağ sarflaydi, Litva esa 1 milliard yevroga yaqin sarmoya kiritmoqçi.

Litvada 5000 gaça Bundesver xizmatçilari

Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi tufayli Yevropadagi xavfsizlik holati özgargani fonida Germaniya hukumati Litvada jangovar va avtonom jangovar bölinma joylaştirişga va’da berdi. Brigada 2027 yilga qadar töliq joylaştirişga tayyor bölişi kerak. Rudninkay va Ruklada 5000 nafargaça Bundesver xodimlarining (4800 nafar harbiy xizmatçi va 200 nafar yordamçi xodim) doimiy bölişi rejalaştirilgan. Brigada tank va mexanizatsiyalaşgan piyodalar bataloniga asoslanadi.

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Litva parlamentida sözlagan nutqida Bundesver Rossiyaning Yevropadagi tajovuzkorligini uşlab turiş uçun asosiy tayanç bölişga tayyorligini bildirdi. «Biz Yevropadagi logistika markazi sifatida öz mas’uliyatimizni tan olamiz, agar kerak bölsa, qöşinlar Atlantikadan şarqiy qanotga tezlik bilan harakatlanişini ta’minlaymiz», dedi u 2024 yil sentabr oyida. Yanvar oyida Bundestag Bundesverning Litvadagi missiyasi töğrisidagi qonunni ma’qulladi.