AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens Myunxen xavfsizlik konferensiyasidagi nutqi bilan dunyoni lol qoldirdi. Amerika va Yevropa munosabatlari 180 gradusga özgarmoqda. Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimovning Kun.uz'dagi kolonkasi.
Ötgan hafta, 14-16 fevral kunlari Germaniyaning Myunxen şahrida xavfsizlik böyiça navbatdagi yillik konferensiya bölib ötdi. Myunxen konferensiyasi – global xavfsizlik böyiça dunyodagi eng yirik tadbir hisoblanadi. Unda butun dunyodagi xavfsizlikka bağişlangan eng muhim yönalişlar aytiladi.
Bu safargi Myunxen konferensiyasi tarixda qoladi.
Bir kunning özida, aniqroği 14 fevral kuni AQŞ vitse-prezidenti Jyeyms Vens Myunxenda, Pentagon boşliği Pit Hegset esa Varşavada yevropaliklarni mutlaq şokka soluvçi çiqiş qilişdi.
Xöş, Vens va Hegset nimalar deyişdi? Ularning çiqişlaridagi asosiy tezislari qöyidagiça:
- Yevropa Ittifoqiga tahdid – Rossiya Federatsiyasi yoki Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan emas, Yevropaning özidan kelyapti. Yevropa aşaddiy millatçilarga kun bermayapti, şuning uçun Yevropa demokratiyasi – demokratiya emas. Aşaddiy önglarga, millatçilarga yöl bering!
- Yevropa – AQŞning raqibi. Bundan keyin öz xavfsizligingizni özingiz ta’minlaşni öylang. AQŞ öz resurslarini sarflab, bundan keyin sizni himoya qilmaydi. AQŞning Yevropadagi harbiy kuçlari çiqib ketişi – vaqt masalasi.
- Ukrainaning 2014 yilgi çegaralarga qaytişi – imkonsiz, real bölmagan talab. Biz bu talabni qöllamaymiz.
- Ukrainaning NATOga a’zo böliş talabi – notöğri va noreal bölgan talab. Biz Ukrainaning NATOga a’zo bölişini qöllab-quvvatlamaymiz.
Bu qaraşlar AQŞ va Yevropa munosabatlarini 180 gradusga özgartiradi.
Ikkinçi jahon uruşidan keyin, birinçi marta AQŞ Yevropadan ketiş niyatida.
AQŞ şu paytga qadar Yevropa işlarida, Ukraina mudofaasi masalasida Yevropa va Ukrainaning eng asosiy homiysi, himoyaçisi edi. Endi AQŞ betaraf tomon bölib, Rossiya-Ukraina va Rossiya-Yevropa örtasida örtakaşlik qilmoqçi. Bu – tarixiy, nihoyatda katta buriliş.
Donald Trampning hokimiyatga kelişi natijasida, kutilmaganda, Putin juda katta ğalaba qozondi. Putinning eng katta tarixiy orzusi uşala boşladi. 2007 yilda Putin aynan öşa Myunxen konferensiyasida “AQŞ Yevropadan çiqib ketişi kerak!” degan orzusini aytgan edi. Mana, oradan 18 yil ötib, Putinning tarixiy orzusi uşalib boşladi.












