Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxöjayev, tuman prokurori Tohirjon Husanov va boşqa mas’ullar Kun.uz'da yoritilgan murojaat böyiça Ts mavzesi (Navbahor mahallasi)dagi Premium Chilonzor turar-joy majmuasida bölib, aholi vakillari va quruvçi bilan suhbatlaşdi.

Hokimlik matbuot xizmati Kun.uz'ga uşbu suhbat videosini taqdim etdi (videoni töliq Kun.uz Telegram-kanalida tomoşa qiling). Undan körinişiça, aholi vakillari öz uylari qarşisidagi noqonuniy qurilişni bartaraf etiş böyiça yillar davomida qilib kelayotgan murojaatlari kor qilmayotgani haqida tuman rahbarlariga şikoyat qilgan.

Vatandoşlar aslida avtoturargoh bölişi kerak bölgan, lekin ofis binosi sifatida qurilgan 3 qavatli binoni buzib taşlab, yer maydonini boşqaruv-servis kompaniyasi ixtiyoriga ötkazişni sörab, şundan keyin aholining özi u yerda bolalar maydonçasi va avtoturargoh taşkil qilib olişini aytişgan.

“E’tirozinglar töğri. Notöğri quriliş ekanini biz ham körib turibmiz. Quriliş inspeksiyasi bu bino masalasida sudga murojaat qilgan, demak jarayon qayerda töxtaganini aniqlab, şuni yurgizib yuboramiz. Binoning noqonuniyligi aniq, buzdiriladi. Buzdiriş uçun sud qarori kerak. Bu işni prokuror nazoratga oladi, sud qarori çiqqanidan keyin MIBga ijroga berib, tadbirkordan buzişini talab qilamiz”, – degan hokim Xolxöjayev.

Tuman rahbari tadbirkordan çiqindixonaga aylanib ketgan binoni tozalatişni bugunning özida boşlaşni talab qilgan.

Foto: Chilonzor tumani hokimligi matbuot xizmati

Hokim aholi vakillarini eşitib, söng tadbirkorga: “Endi siz gapiring” degaç, tadbirkor javob bergan: “Qaysi şartnomani aytişayotganini bilmayman”. Kontekstga qaraganda, bunda u uy sotib olgan ayrim xaridorlarning bepul avtoturargoh bölişi haqidagi va’da şartnomada ham bölgani haqida iddaolarini nazarda tutgan, ya’ni şartnomada avtoturargoh masalasi körsatilganini rad etgan.