Ukrainadagi uruş boşlanganidan buyon ilk bor Rossiya va AQŞ delegatsiyalari örtasida muzokaralar ötkazildi. Tomonlar 18 fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda, qirollik oilasining Albasatin majmuasidagi saroylaridan biri – Diriyada uçraşişdi. Unda Ukraina va Yevropa davlatlari vakillari iştirok etmadi.

Muzokaralarda Rossiya nomidan taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov, prezident yordamçisi Yuriy Uşakov, şuningdek, Rossiya töğridan töğri investitsiyalar jamğarmasi (RFPI) rahbari Kirill Dmitriyev iştirok etdi. Rossiya delegatsiyasi tarkibiga Taşqi işlar vazirligining Umumevropa hamkorligi departamenti direktori örinbosari Dmitriy Balakin va Rossiyaning Kanadadagi elçixonasi maslahatçi-vakili Vladimir Proskuryakov ham kirdi, deb yozadi «Sistema». Uçraşuvda AQŞ nomidan davlat kotibi Marko Rubio, prezidentning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Mayk Uols hamda prezidentning Yaqin Şarqdagi maxsus vakili Stiv Uitkoff iştirok etdi.

Muzokaralar tört yarim soatga yaqin davom etgan. TASS xabariga köra, uçraşuv mobaynida ikki bor tanaffus qilingan, birinçi holatda tomonlar 15 daqiqalik pauza olişgan, ikkinçisida — lanç qilib olişgan.

Rossiya va AQŞ delegatsiyalari «barça masalalar böyiça juda jiddiy suhbat ötkazdi», dedi Yuriy Uşakov. U muzokaralar «yaxşi» keçganini qayd etgan.  «Biz bir-birimizning manfaatlarimizni hisobga oliş, şu bilan birga ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirişga kelişib oldik. Bundan Moskva ham, Vaşington ham manfaatdor», — deya qöşimça qildi Rossiya prezidenti yordamçisi.

Uşakovning qayd etişiça, tomonlar Rossiya va AQŞ prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp uçraşuviga tayyorgarlikni muhokama qilgan, biroq bu uçraşuv «keyingi haftadayoq ötkazilişi dargumon». Rossiya va AQŞ muzokaraçilarining alohida guruhlari Ukraina böyiça aloqaga kirişadi. Kim Rossiyadan muzokaraçilar safiga kirişi va Ukraina böyiça aloqalar qaçon boşlanişini Putin hal qiladi, dedi Uşakov.

RFPI rahbari Kirill Dmitriyev muzokaralar yakunida «murosa haqida gapirişga hali ertaligi, tomonlar endigina bir-birini tinglaşni boşlagani»ni aytdi, uning sözlariga köra, Rossiya va AQŞ vakillari «hurmat bilan» va «teng huquqli» muloqot qilgan, deb yozadi Reuters.

Rossiya va AQŞ muzokaralar çoğida «muammoli masalalarning butun kompleksi»ni muhokama qildi, dedi Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova. Kirill Dmitriyev muzokaralar boşlanişidan oldin ham Rossiya AQŞga savdo-iqtisodiy sohada bir qator takliflar yuborganini ma’lum qilgandi.