Texnik işlar Andijon, Buxoro, Jizzax, Qaşqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toşkent, Farğona, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida olib borildi.
Yangilangan baza stansiyalari soni böyiça Farğona viloyati yetakçi böldi. U mamlakatda aholi ziçligi böyiça eng keng hududlardan biri hisoblanadi — yanvar oyida operator bu yerda taxminan 90 ta baza stansiyasini modernizatsiya qildi. 2025 yilda mamlakat böylab 220 dan ortiq stansiyalarni yangilaş rejalaştirilmoqda. Massive MIMO kabi qöllaniladigan texnologiyalar bir vaqtning özida xizmat körsatiladigan foydalanuvçilar sonini sezilarli darajada oşiriş imkonini beradi. Bu şaharlarning aholi ziç joylaşgan hududlarida va yirik savdo markazlari yoki stadionlar kabi köplab odamlar töplanadigan obektlar yaqinida dolzarbdir. Çastotalardan yanada samarali foydalaniş tufayli mobil qurilmalar egalari ma’lumotlarni uzatiş va yuklab olişning yuqori tezliklariga ega böladilar. Modernizatsiya qilingan baza stansiyalarida ulaniş tezligi 36 foizga, mijozlar trafigi esa 19 foizga oşdi.

4G/LTE standartidagi tarmoqni rivojlantirişga e’tibor qaratiş Beeline Uzbekistan mijozlariga nafaqat qulay tezlikda mobil internetdan foydalaniş, balki törtinçi avlod tarmoğida qolgan holda ovozli qönğiroqlarni amalga oşiriş imkonini beradi. Şu tufayli mamlakatda Voice over LTE ("LTE orqali ovoz") xizmati tobora ommalaşib bormoqda — operator tarmoğida milliondan ziyod VoLTE foydalanuvçilari qayd etilgan.
"Bizning texnik xodimlarimiz uçun yanvar oyi yuqori sur’atda ötdi: atigi bir oy içida biz joriy yilda yangilanişi rejalaştirilgan baza stansiyalarining yarmidan köpini modernizatsiya qilişga ulgurdik. Buning izohi oddiy. Qurilmalar 4G tezligida qançalik erta işlay boşlasa, Özbekiston fuqarolari yangi aloqa sifatidan şunçalik tez foydalana boşlaydilar va VEON AI1440 strategiyasiga muvofiq yaşab, kuniga 1440 daqiqa davomida zamonaviy raqamli xizmatlardan bahramand böladilar. Bu, ayniqsa, yuqori tezlikdagi internet birinçi marta kirib kelayotgan kiçik aholi punktlari uçun alohida ahamiyatli," — deya şarhladi Beeline Uzbekistan boş direktori Andrey Pyataxin.
***
"Unitel" MÇJ 2006 yil 12 sentabrdan boşlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmat körsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan boş qarorgohi Dubay (BAA) joylaşgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi. 2024 yilda Top Employer sertifikatiga ega böldi.
VEON — bu 160 millionga yaqin mijozlarga konvergent aloqa va raqamli xizmatlarni taqdim etuvçi raqamli operator. Dunyo aholisining 7 foizidan ortiği yaşaydigan oltita mamlakatda faoliyat yurituvçi VEON odamlarni qöllab-quvvatlaydigan va iqtisodiy ösişni ta’minlaydigan texnologiyalarga asoslangan xizmatlar orqali hayotni özgartirmoqda. VEON aksiyalari NASDAQ fond birjasida röyxatga olingan.












