Foydali qazilmalar sohasidagi ekspert Xaver Blas Ukrainada Donald Tramp «ov qilayotgan» nodir metallar zaxirasi yöqligini ma’lum qildi, deb yozadi Bloomberg.

Qayd etilişiça, Ukraina bilan boğliq holat — AQŞning bu turdagi birinçi xatosi emas. 2010 yilda Afğonistonda foydali qazilmalar zaxirasi, jumladan, litiy aniqlangani e’lon qilingan edi. Ularning qiymati 1 trillion dollarga baholangan. Ammo ma’lumotlar xato bölib çiqqan.

Blasning aytişiça, Ukraina bilan boğliq holatda nodir metallar haqida gap ketmoqda. AQŞ Geologiya xizmati ma’lumotlariga köra, Ukraina uşbu elementlarning zaxiralari bor e’tiborga molik davlatlar röyxatiga ham kirmaydi. Ekspertning qöşimça qilişiça, mamlakatda faqat «skandiy qazib oliş böyiça kiçik şaxtalar» bor.

Blasning ta’kidlaşiça, nodir metallar töğrisidagi masala böyiça tuşunmovçilik Ukraina tomonining bayonoti sabab boşlangan: «Ötgan yilning noyabrida taqdim etilgan «ğalaba rejasi» orqali ular Trampni öz taraflariga oğdirib olişga urinib, xatoga yöl qöydi. Ular doim foydali qazilmalar borasida öz mamlakati potensialini oşirib körsatgan. Tez fursatda uşbu uydirma ustidan nazoratni qöldan çiqarişdi».

Fevral boşlarida Tramp Ukraina nodir metallarning ulkan zaxirasiga ega ekanini ma’lum qilib, öz taklifini bildirgan edi: AQŞ yordami evaziga uşbu foydali qazilmalar. Keyinroq summa ham e’lon qilindi — 500 milliard dollar. Ammo ekspertning aytişiça, muammo şundaki, dunyo böylab har yili bu turdagi elementlardan taxminan 15 milliard dollarlik qazib olinadi xolos.