Niderlandiya Madaniyat vazirligi Nigeriya hukumatining söroviga binoan uşbu mamlakatga uning 113 ta madaniy va tarixiy merosi — Benin bronzalarini qaytaradi.
Niderlandiya madaniyat vaziri Eppo Breynsning sözlariga köra, mazkur qaror bilan mamlakat «tarixiy adolatsizliklarni tuzatiş»ga öz hissasini qöşmoqda.
Benin bronzalari — XV-XIX asrlarda Benin qirolligi (hozirda Nigeriya hududiga töğri keladi) ustalari tomonidan bronza hamda latundan yasalgan buyumlardir. 1897 yilda qirollik yerlariga Britaniya qöşinlari kirib, beninliklar isyonini bostirgan va u yerdan madaniy yodgorliklar hamda xazinalarni Buyuk Britaniyaga olib ketgan.
Şundan buyon uşbu predmetlar Yevropa muzeylarida, jumladan, Leydendagi Jahon etnografik muzeyi kolleksiyasi saqlanib kelmoqda. Leyden muzeyi Nigeriyaga qaytaradigan 113 ta artefakt orasida bronza va latundan yasalgan şakllar, soç uçun möljallangan taqinçoqlar va boşqa buyumlar mavjud. Bundan taşqari, 1897 yilda Benindan olib çiqib ketilgan yana oltita artefaktni Rotterdam munitsipaliteti qaytaradi.
Sönggi yillarda Nigeriya hukumati muntazam ravişda Yevropa muzeylariga murojaat qilib, artefaktlar öz vataniga qaytarilişini talab qilmoqda. Ayrim holatlarda ular muvaffaqiyatga erişyapti. 2023 yilda Kyolndagi Rautenştraux-Yost etnografik muzeyi, 2022 yilda esa Londondagi Xorniman muzeyi öz kolleksiyalaridagi ayrim buyumlarni Nigeriyaga qaytargan edi.









