Azon Global axborot tahliliy portali asosçisi, Mubaşşir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alişer Tursunov 2023 yilning 28 dekabridan buyon Turkiyada hibsda qolayotgani ma’lum böldi. Bugun u ozod qilingan.

«2023 yilning 28 dekabri kuni Özbekiston Respublikasi fuqarosi Tursunov Alişer Ahmadoviç (“Mubaşşir Ahmad”) Turkiya politsiyasi tomonidan özi yaşab turgan uyidan olib ketilganligi va Istanbul viloyati Çatalja tumanida joylaşgan Binkiliç deportatsiya markaziga joylaştirilganligi xabar qilingan edi.

Bugun, 21 fevrali kuni vatandoşimiz deportatsiya markazidan oilasi bağriga qaytganini ma’lum qilamiz», — deb xabar berdi Özbekistonning Turkiyadagi elçixonasi.

Kun.uz'ning Özbekiston rasmiy idoralaridagi manbasiga köra, Mubaşşir Ahmad jamoat xavfsizligiga tahdid gumoni bilan olib ketilgan. Turkiyadagi özbek diplomatlari u saqlanayotgan joyga borib, özi bilan suhbatlaşgan, uni saqlab turiş şaroitini örganişgani xabar qilingan edi.

Özbekistonning Istanbuldagi boş konsulxonasi ma’lumotiga köra, Mubaşşir Ahmadga nisbatan tegişli konsullik-huquqiy yordam körsatib kelingan.

Ma’lumot uçun, Mubaşşir Ahmad 2023 yil avgustda Özbekistonda özi asos solgan Azon.uz sayti öz faoliyatini töxtatganini ma’lum qilgan edi. Şundan söng u noyabr oyida özbek, rus, ingliz va turk tillarida faoliyat yurituvçi Azon Global portali faoliyatini yölga qöygan.