
20 fevral kuni taniqli diniy ulamo Alişer Tursunov Navoiydagi Jazoni ijro etiş muassasasidan çuqurlaştirilgan tibbiy körik uçun Toşkentga olib kelindi. Bu haqda ulamoning advokati Abdulloh Sodiq Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Mubaşşir Ahmad Toşkent şahar Yaşnobod tumanidagi Mahkumlar uçun ixtisoslaşgan kasalxonaga (Sangorod) vaqtinçalik köçirildi. U olib kelingaç töliq körikdan ötkazişga va kasalxonaga röyxat asosida qabul qilişga ulgurişmagan. Şu sababli ulamoning himoyaçisi va yaqinlari hozirça u bilan poytaxtda körişib ulgurmagan.
Ma’lum bölişiça, oldinroq «çap oyoq artrozi» va «qandli diabet» taşxislari qöyilgan Mubaşşir Ahmadning oyoqlarida yana şiş paydo bölgan. Şu bois jazoni ijro etiş muassasasi şifokorlari uni töliq va çuqurlaştirilgan tartibda tibbiy körikdan ötkaziş uçun poytaxtga yuborişga qaror qilgan. Tibbiy körik kamida 2 hafta davom etişi kutilmoqda.
Advokat Abdulloh Sodiqning rasmiylarga tayanib aytişiça, mahkumlar uçun ixtisoslaşgan kasalxona mas’ullari kelasi hafta analizlar olib, töliq körikni boşlaydi.
Mubaşşir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alişer Tursunov 2025 yil 8 oktabr kuni 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Öşanda JIB Uçtepa tuman sudi sudyasi Bobur Rahimov ulamoni tergov organi qöygan uçala modda (diniy mazmundagi materiallarni tarqatiş, jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallar tarqatiş va milliy-etnik adovat qözğatiş) böyiça ham aybdor deb topgan.
Şundan söng, Mubaşşir Ahmad sud hukmi ustidan apellyatsiya şikoyati bermaslikka qaror qildi. U Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida joylaşgan IIV huzuridagi Jazoni ijro etiş Departamentiga qaraşli 5-sonli Jazoni ijro etiş koloniyasida ötayotgan edi.
Oradan 3 oy ötib — 2026 yil yanvarda ulamoning advokati Abdulloh Sodiq Kun.uz'ga murojaat qilib











