Ukraina prezidenti amerikalik hamkasbi Donald Trampning da’volari va Rossiyaning bosimiga javob berdi. Quyida Volodimir Zelenskiy nutqining asosiy tezislari keltirilgan.
Trampning öz reytingi 4 foizga tuşib qolgani haqidagi da’vosini dezinformatsiya deb atadi.
«Agar kimdir meni hoziroq almaştirmoqçi bölsa, bu hozir ilojsiz. Biz mening reytingim 4 foiz ekanligi haqidagi dezinformatsiyani kördik. Biz uning Rossiya tomonidan tarqatilayotganini ham tuşunamiz. Bizning qölimizda bu raqamlar Amerika va Rossiya örtasida muhokama qilinganiga doir dalillar bor. Açinarlisi, prezident Tramp… bu dezinformatsiya muhitida yaşayapti», — dedi prezident.
Ukraina fuqarolarining turli davlat yetakçilariga bölgan işonçi haqida sotsiologik ma’lumotlarni e’lon qilişni va’da qildi.
Zelenskiy «yaqin hafta-ikki hafta içida» ukrainaliklarning unga, AQŞ prezidenti Donald Trampga, Polşa boş vaziri Donald Tuskka, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanga va boşqa ittifoqçi davlatlar yetakçilariga bölgan işonçi darajasini oçiq e’lon qilişini ma’lum qildi.
AQŞ Putinni köp yillik izolyatsiyadan çiqarişga yordam bermoqda, dedi Zelenskiy.
«AQŞ va Rossiya Saudiya Arabistonida öz ikki tomonlama masalalarini muhokama qilayotgani – ularning haqqi. Menimça, AQŞ Putinga köp yillik izolyatsiyadan çiqişga yordam berdi – keça ruslar bilan ularni jabrlanuvçi sifatida körib gaplaşişdi. Tramp ma’muriyati Rossiyaga bölgan munosabatni yumşatdi, uruşni esa endi «mojaro» deb atayapti.
Men Tramp jamoasida köproq haqiqat bölişini xohlardim. Çunki bu işlar Ukrainaga mutlaqo ijobiy ta’sir qilmayapti. Ular Putinni izolyatsiyadan olib çiqayotgani esa aniq. Fikrimça, Putin ham, rossiyaliklar ham bu vaziyatdan juda xursand. Keça allaqaçon Rossiya jabrlanuvçi degan işoralar paydo böldi. Bu — qandaydir yangi narsa», — dedi Zelenskiy.
Ukraina AQŞdan 67 mlrd dollarlik qurol-yaroğ va budjetga 31,5 mlrd dollarlik yordam olgan.
Volodimir Zelenskiy Ukraina Rossiyaga qarşi uruşda 320 mlrd dollar sarflagani, şundan 200 mlrd dollar xalqaro harbiy yordam bölgani, AQŞ esa keng kölamli bosqin boşlanganidan beri Ukrainaga 67 mlrd dollarlik harbiy yordam taqdim etganini ma’lum qildi.
Prezident AQŞ Ukrainani uruşdagi umumiy yordamning 90 foiz bilan ta’minlagani haqidagi da’volar haqiqatga töğri kelmasligini işora qildi.













