Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi Şahrixon tumanidagi gaz zapravkada sodir bölgan portlaş yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, 20 fevral kuni soat 18:02 da Şahrixon tumani «Yangi Naynavo» MFY hududida joylaşgan avtomobillarga gaz quyiş şoxobçasida (propan) havo-gaz aralaşmasining çaqnaşi sodir bölgani haqida Andijon viloyati FVBga xabar kelib tuşgan, soat 18:13 da voqea joyiga yonğin-qutqaruv ekipajlari yetib borgan.

Hodisa oqibatida yonğin kelib çiqmagan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, çaqnaş Labo rusumli transport vositasida yuz bergan.

Olingan birlamçi ma’lumotga köra, havo-gaz aralaşmasi çaqnaşi oqibatida zapravka hududida bölgan ikki nafar fuqaro tan jarohati olgan. Malakali tez tibbiy yordam körsatiş maqsadida ular tuman tibbiyot birlaşmasi markaziy şifoxonasiga yotqizilgan.

Hodisa sodir böliş omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.