Federal tergov byurosi direktori Keş Patel 2016 yilgi saylovlar munosabati bilan Donald Trampning Rossiya bilan aloqalari böyiça tergovga doir maxfiy hujjatlar töplamini topganini da’vo qilmoqda – ular göyoki FTB içidagi maxfiy xonada bir neçta «yoqiş uçun olib qöyilgan qoplarda» bölgan. Bu haqda 30 iyul, çorşanba kuni Fox News Digital manbalarga tayanib xabar berdi.

Ularning sözlariga köra, hujjatlardan biri 2023 yilda Trampning Rossiya bilan aloqalari böyiça tergov işida FTB öziga xos bölmagan iş tutganini aytgan AQŞning sobiq maxsus maslahatçisi Jon Darem hisobotining maxfiy ilovasi bölgan.

«Oxir-oqibat, maxfiy ilovaning e’lon qilinişi AQŞ hukumati içida Trampning Rossiya bilan aloqalari haqidagi janjalni kuçaytiriş orqali (Hillari) Klinton saylovoldi kampaniyasiga yordam beriş böyiça kelişilgan reja borligi haqidagi gapga köproq işonç bağişlaydi», — dedi Fox News Digital telekanaliga manba.

Manbalarga köra, minglab hujjatlar bilan töldirilgan bir neçta yoqib taşlaş uçun olib qöyilgan sumkalar topilgan.

Patel hujjatlarni AQŞ Senatining yuridik qömitasi raisi Çak Grassliga topşirdi.