Argentina prezidenti Xaver Miley AQŞ Merilend ştatidagi Konservativ siyosiy harakatlar konferensiyasida (CPAC) Ilon Maskka oltin bilan qoplangan zanjirli arra sovğa qildi. Mask buni «byurokratiya uçun arra» deb atadi.

Zanjirli arra tiğiga «Viva la libertad, carajo» şiori öyib yozilgan bölib, bu sözma-söz «Yaşasin ozodlik, la’nati!» degan ma’noni anglatadi. Argentina prezidenti bu iborani 2021 yilgi parlament saylovlari va 2023 yilgi prezidentlik saylovida şior sifatida işlatgan.

Argentina prezidentining idorasida aytilişiça, zanjirli arra Mileyning kabinetida osilgan arraning aynan nusxasi. Uning özi saylovoldi taşviqoti paytida mitinglarga zanjirli arra olib borib, hukumat apparatiga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirmoqçi ekanini namoyiş etdi.

Hozir Ilon Mask boşçiligidagi Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) «hukumat byurokratiyasini demontaj qiliş» bilan şuğullanmoqda. Aslida, bu turli federal agentliklar uçun moliyalaştiriş va xodimlarni qisqartirişni anglatadi.