Prezident qarorgohida bölib ötgan tantanali marosimdan söng ötkazilgan muloqot çoğida Özbekiston va Albaniya örtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Har ikki tomon munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişga tayyor ekanligini tasdiqladi.

Baxtiyor Ibragimov 2023 yil noyabr oyida Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellenga işonç yorliqlarini topşirgan edi.  Şuningdek, u 2023 yilda ştab kvartirasi Vena şahrida joylaşgan YeXHT, BMT Giyohvand moddalar va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş boşqarmasi, Yadro sinovlarini keng qamrovli taqiqlaş töğrisidagi şartnoma taşkiloti, AEXA kabi xalqaro taşkilotlardagi mamlakat rasmiy vakili sifatida ham akkreditatsiya qilingan.