Afğoniston Islom Amirligi boş vazirning iqtisodiy masalalar böyiça örinbosari mulla Abdul Ğani Barodar boşçiligidagi delegatsiyasi Toşkentga keldi. 22 fevral kuni delegatsiya vakillarini Özbekiston boş vazirining örinbosari Jamşid Xöjayev, Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev va “Tolibon”ning Özbekistondagi elçisi şayx Abdulğaffor Bahr kutib oldi.

Ma’lum qilinişiça, delegatsiya tarkibida “Tolibon”ning bojxona, transport, aviatsiya, qişloq xöjaligiga mas’ul vakillari bor. Şu kunning özida Abdul Ğani Barodar Oxund Özbekiston boş vazirining örinbosari Jamşid Xöjayev bilan muzokaralarni boşlagan.

«Suhbat çoğida ikki tomon savdo-tranzit aloqalarini kengaytiriş hamda özbekistonlik investorlarning Afğonistonga sarmoya kiritiş masalalarini muhokama qildi. Özbekiston tomoni ikki tomonlama savdo aloqalarini kengaytiriş maqsadida ikki davlat çegarasida qöşma savdo zonasini taşkil etişga tayyorligini bildirdi.

Uşbu savdo zonasi qarağay yonğoqlari va paxtani qayta işlaş zavodlarini, qadoqlaş va logistika markazlarini, turli oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş bölimlarini öz içiga oladi», — deyiladi xabarda.

Şuningdek, Jamşid Xöjayev özbek sarmoyadorlari Afğonistonda neft va gazni qidiriş va qazib olişda hamkorlik qilişga hamda sanoat sohasiga, jumladan, Namangan viloyatida sement zavodini barpo etişga sarmoya kiritişga tayyorligini ma’lum qilgan. Ma’lum bölişiça, «Toti Maydon» gaz konini qidirişda sezilarli yutuqlarga erişilgan va qazib oliş işlari tez orada boşlanişi kutilmoqda.

Amirlik tomoni Özbekistonning takliflarini «mamnuniyat bilan kutib olgan hamda uşbu sohalarda har tomonlama hamkorlik qilişiga işonç bildirdi», deyiladi xabarda.